Apple kompaniyasi foydalanuvchi nigohini kuzatib turuvchi texnologiyaga patent oldi. Bu operatsion sistemani “vizual” boshqarish imkonini beradi, deb xabar beradi “Kun.uz” Apple Insider axborotiga tayanib.
Xabarda yozilishicha, bu texnologiya ko‘z harakatini kuzatish hamda bu orqali har xil harakatlarni, misol uchun, kursorni harakatga keltirish imkonini yaratadi.
Apple’ning bu texnologiyasi imkoniyati cheklangan insonlar uchun kompaniya mahsulotlaridan foydalanishni qulaylashtiradi, shuningdek, yangi texnologiya Apple TV rivojlanishida ham muhim o‘rin egallashi mumkin.
Izoh (0)