Fransiyaning eng yirik nashri – Le Monde gazetasining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga xakerlik hujumi uyushtirildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xakerlar Suriya hukumatiga yaqin bo‘lgan Suriya elektron armiyasi guruhiga aloqador ekanligini ma’lum qilgan. Le Monde gazetasining Twitter’dagi sahifasida “Men Sharli emasman” shiori, xalqaro koalitsiya tomonidan Suriya bombardimon qilinishiga e’tirozlar, shuningdek Falastin va “ochdan o‘layotgan” Afrika xalqlarini qo‘llab-quvvatlab shiorlar yozib qoldirilgan.
Kiberhujum natijasida Le Monde o‘zining Twitter’dagi sahifasini vaqtinchalik bloklashga majbur bo‘lgan. Hammasini qayta izga tushirish uchun mutaxassislarga bir soatdan ko‘proq vaqt ketgan.
Izoh (0)