O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Chortoq tuman nogironlar jamiyatiga 15 million so‘m grant mablag‘i ajratildi. Bu haqda “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, grant Chortoq tumanida bolalar maydonchasi tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Taqdim etilgan mazkur grant mablag‘ini maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlab yuborildi.
Izoh (0)