Osiyo kubogi chorak final uchrashuvi doirasidagi Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni saudiyalik Fahad Al Mirdasi boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ushbu uchrashuvda Al Mirdasiga qanotlarda Abdulloh Al Shalvaiy (Saudiya Arabistoni) hamda Abu Bakr Al-Amriy (Ummon) yordam berishadi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 22-yanvar kuni, Melburndagi Rectangular stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadi.
Osiyo Kubogi − 2015. Chorak final
2015-yil 22-yanvar. Melburn. Rectangular stadioni.
Janubiy Koreya − O‘zbekiston
Bosh hakam: Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Qanot hakamlari: Abdullo Al Shalvai (Saudiya Arabistoni), Abu Bakr Al-Amri (Ummon)
Zaxira hakami: Abdulloh Al Hiloli (Ummon)
Nazoratchi: Xani Tolib Ballan (Qatar)
Komissar: Vinsent Yun (Gonkong)
Izoh (0)