Janubiy Koreya terma jamoasining uzoq yillik o‘ng qanot himoyachisi Cha Du Ri terma jamoasi safida yana 3 ta o‘yin o‘tkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Kecha koreys OAVlariga bergan intervyusida 35 yoshli futbolchi: “Yana 3 ta o‘yin o‘tkazgach, ya’ni, Osiyo kubogini qo‘lga kiritgach, terma jamoadan ketishga qaror qildim. Agar ertaga O‘zbekistinga mag‘lub bo‘lsak, bu mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinim bo‘ladi. Umid qilamanki, terma jmoadagi faoliyatim ertaga tugamaydi. Men oxirigacha terma jamoamga yordam berish niyatidaman. Hozir faqat va faqat kubokni qo‘lga kiritgan holda ketishni o‘ylayapman. Undan boshqa natija kerakmas”, − deya ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)