Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Janubiy Koreya jiddiy raqib ekani va ularga qarshi o‘yin final o‘yinidek bo‘lishini aytib o‘tdi.
“Terma jamoa murabbiyi aytganidek, ertangi o‘yin biz uchun juda muhim hisoblanadi. Ushbu o‘yin biz uchun xuddi finaldek bo‘ladi. Yaxshi o‘ynab, nasib qilsa, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz”, — dedi terma jamoa hujumchisi.
“Ayni damda o‘yindan boshqa hech narsa haqida o‘ylayotganim yo‘q. Maqsadimiz terma jamoa bilan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish”, — dedi Nasimov.
Izoh (0)