“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga oldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisini shu yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu muhim tadbir arafasida, 20-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov parlament yuqori palatasi a’zolariga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirib, senatorlarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu tantanali marosimda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, senatorlar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)