Qoraqalpog‘iston respublikasi poytaxti Nukus shahri markazini obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.
Shahardan o‘tadigan “Do‘stlik” kanali atrofini rekonstruksiya qilish ishlarining dastlabki natijalari ko‘rinmoqda. Kanalning Qoraqalpog‘iston poytaxtidan o‘tgan 2,5 kilometrlik qismi bo‘yida attraksionlar, yashil hududlar, muzeylar, umumiy ovqatlanish nuqtalari kun sayin ko‘payib bormoqda. Kanal atrofida ko‘plab uy-joy va mehmonxonalar joylashgani inobatga olinsa, obodonlashtirish yakunlangach nukusliklar va shahar mehmonlarining sevimli dam olish joyiga aylanishi mumkin.
Bog‘ hududi foydalanishga topshirilgach kanalda sayr qilish uchun katerlar ishga tushirilishi kutilmoqda. Shahar infratuzilmasini yangilashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari yordam bermoqda. Rejalashtirilgan obyektlarning aksariyati 2015-yilning bahorida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)