O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov uchinchi turda ham o‘yinni boshqarib boradigan bo‘ldi. Hamyurtimiz “D” guruhidagi Yaponiya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yinni boshqarib boradi. Ushbu o‘yinda chorak final yo‘llanmasi hal qilinadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ermatovga qanotlarda Abdulxamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini BAAlik Ammar al-Jenaybiy bajaradi. Ushbu o‘yin 20-yanvar kuni Melburndagi Rectangular Stadium’da bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, bungacha Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Osiyo kubogining ochilish o‘yini — Avstraliya−Quvayt hamda “C” guruhidan o‘rin olgan Qatar−Eron o‘yinini boshqarib borgandi.
Osiyo Kubogi−2015, “D” guruhi, 3-tur
Yaponiya - Iordaniya
Hakamlar: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston), Abdulxamidullo Rasulov (O‘zbekiston), Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston), Ammar Al-Jeneybiy (BAA)
Izoh (0)