2015-yil 18-yanvar kuni Toshkentdagi “Bek Baraka” bozori yaqinida joylashgan plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
“Yong‘in Toshkent vaqti bilan soat 12:58 da boshlandi, 13:24 da esa voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirdi. Yong‘inni o‘chirishda 10 ta o‘t o‘chirish mashinasi qatnashdi”, − deyiladi Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi navbatchi qismi tomonidan “Uz24.uz”ga berilgan xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elktr simlaridagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqan. Yong‘in natijasida 80 kvadrat metr joy yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Izoh (0)