Joriy yilning birinchi yarmidan boshlab qizil chiroq yonganda taqiqlovchi chiziqni kesib o‘tgan, xavfsizlik kamarini taqmagan va piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar jarima to‘lashlari haqidagi xabarni pochta orqali ola boshlaydi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.
Ushbu qoida buzilish holatlari harakatlarni suratga oladigan 24 soat davomida sinxron tarzda ishlovchi svetofor va videokameralardan iborat 160 ta avtomatik yo‘l majmualari tomonidan kuzatiladi.
Kuzatuv kameralari avtomobilning tezligini, davlat raqamini va qizil chiroqqa o‘tib ketgan joyini aniqlaydi. Kamera ma’lumotlari butun shahar bo‘ylab transport harakatini tartibga soluvchi boshqaruv markaziga yo‘naltiradi.
Izoh (0)