Saudiya arabistonilik sobiq FIFA referisi Xalil Jalol O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda avstraliyalik hakamning ayrim shubhali qarorlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Stadion.uz” sayti “Kooora.com”ga asoslanib xabar tarqatdi.
“Hakam o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatadigan xatolarga yo‘l qo‘ydi. Hakam O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilab, adashdi. Nazarimda, bu yerda penalti belgilash uchun asos yetarli emasdi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi jarima zarbasini amalga oshirayotgan paytda Muhammad Sahlaviy yiqilgan vaziyatni ham qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu yerda ham hakamning qarori bahsli bo‘ldi”, - deydi Xalil Jalol.
Izoh (0)