Joriy yilning iyul oyida 135 yoshni qarshi oladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi To‘ti Yusupova Eyfel minorasidan to‘qqiz yoshga, Ginnesning rekordlar kitobi versiyasi bo‘yicha ikki karra jahon rekordchisidan 17 yoshga katta deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Nashr taniqli kitob mualliflarini ushbu faktga e’tibor qaratmayotgani uchun tanqid ostiga olgan. Shuningdek, To‘ti Yusupova O‘zbekistonda uch asrni ko‘rgan yagona inson emasligi ham qayd etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina 100 yoshdan oshgan vakillari soni 26 nafarni tashkil etuvchi Qoraqalpog‘istonning o‘zidan jahon rekordi uchun kamida yana ikki kishi da’vogarlik qilishi mumkin: Taxtako‘pir tumanida yashovchi 114 yoshli Bibixon Xolniyozova hamda Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlarida yashovchi 112 yoshli Poshsho Yusupova.
Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik Dziroemon Kimura dunyodagi eng keksa kishi sifatida ikki marta Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan bo‘lib, ikkinchi martada 115 yosh 253 kunlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.
Izoh (0)