Moskvaning “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi, so‘nggi turida Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratib (3:1), chorak finalga chiqqani munosabati bilan himoyachi Vitaliy Denisovni tabrikladi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vitaliy Deniov bilan birgalikda Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi va Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqdi. Vitaliyni tabriklaymiz”, − deya yozilgan “Lokomotiv” klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Izoh (0)