Checheniston poytaxti Grozniy shahridagi bosh maydonda bir milliondan ortiq odam islomiy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Checheniston Ichki ishlar vazirligi namoyishda bir millionda ortiq odam qatnashganini tasdiqlagan. Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi aksiyada 800 ming kishi qatnashganini qayd etgan.
Miting ishtirokchilari orasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Maxachqal’a va Grozniy yepiskopi Varlaam, Rossiya muftiylar kengashi rahbari Ravil Gaynutdin hamda Rossiyaning boshqa hududlari va xorijiy davlatlardan dindorlar bo‘lgan. Tadbir jamoa namozi bilan yakunlandi.
Izoh (0)