Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro Qorovulbozor tumani hududidagi naslchilik shirkat xo‘jaligi molxonasidan noma’lum kishilar 13 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketilgani haqida IIBga xabar berdi. Bu haqda “Postda” gazetasi ma’lum qildi.
Zudlikda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyat “issiq izida” fosh etildi, deyiladi xabarda.
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi aka-uka mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.
Izoh (0)