Beeline aloqa operatori abonentlarni shu kunlarda takrorlanayotgan SMS-spam haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Umumiy spam-hujumning maqsadi uyali moslamaga xavfli dasturni o‘rnatish va keyinchalik uni manzil kitobidagi barcha raqamlarga xavfli ssilka (havolani) tarqatishdir. Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishi, xavfli dasturni uyali moslamasiga yuklab olishi, hamda raqami spam-ro‘yxatga tushib qolishi mumkin.
“Quyidagi ko‘rinishdagi SMS xabar olganingizda: ‘агар бепул 0037120960267 хакида 50000$ учун хозир кунгирок булмаса Buztel бекорга ва бошка голибка топширилади’, yoki ‘congratulation you are the winner of 50000$ call us immediately to take your gift 0037120960028’, uni o‘z uyali moslamangizgan o‘chirib tashlang. Ogoh bo‘ling!”, − deyiladi xabarda.
Izoh (0)