Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi o‘yin davomida o‘zini selfi uslubida suratga olgan futbolchilarni sariq kartochka bilan jazolanishi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Kun.uz”ga tayanib, “Stadion.uz” xabar berdi.
“O‘yinchilar bunday holatda sariq kartochka bilan jazolanishini bilishi kerak. Hamma o‘z hissiyotlarini namoyon qilish huquqiga ega, biroq bunday xatti-harakat o‘yin sur’atiga ta’sir qiladi”, — deb aytdi futbol uyushmasi vakili.
Mamlakat futbol uyushmasi rahbarlarining fikricha, selfi o‘yinni biroz cho‘zishga bo‘lgan harakatdek qabul qilinadi va o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchi ogohlantirish bilan jazolanadi.
Bunday qarorga kelinishiga 12-yanvar kuni Italiya A seriyasida “Roma” va “Latsio” o‘rtasidagi uchrashuvdagi bo‘lib o‘tgan voqea sabab bo‘ldi. O‘sha uchrashuvda Rimning “Roma” jamoasi sardori Franchesko Totti “Latsio” darvozasiga gol urgandan keyin, mobil telefon olib, o‘zini muxlislar bilan birga suratga olgan edi.
Izoh (0)