O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida kechadigan o‘yin oldidan rasmiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Avvaliga Petr Gizimchuk boshchiligida “kvadrat” mashg‘uloti o‘taldi. Server Jeparov, Igor Sergeyev va Sardor Rashidov darvoza tomon jarima zarbalarini tepishni mashq qildi.
Mirjalol Qosimov Vitaliy Denisov bilan alohida suhbatlashib, kerakli ko‘rsatmalar berdi. Asqar Tolibjonov, Farhod Magometov va Rustam Akromov mashg‘ulotni kuzatib bordi.
Mashg‘ulotlar yakunida terma jamoa ikkiga bo‘linib, futbol o‘ynadi. Shuxrat Maqsudov futbolchilarga sariq va yashil rangli ustki libos tarqatib chiqdi.
Ignatiy Nesterov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Sayfiyev, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Jamshid Iskanderov, Server Jeparov, Odil Ahmedov va Bahodir Nasimov bir jamoa bo‘lib maydonga tushdi. Aftidan ertaga asosiy tarkibda ham shu futbolchilarni ko‘rsak kerak, deyiladi nashrda.
Izoh (0)