Bugun, 17-yanvar kuni Melbrundagi Media-markazda 20 ga yaqin saudiyalik jurnalist O‘zbekistonga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutayotganini ta’kidladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Ular bilan bo‘lgan suhbatdan ma’lum bo‘ldiki, ertaga arablar bor kuchi bilan o‘ynaydi. Terma jamoa oldiga O‘zbekistonni mag‘lubiyatga uchratish vazifasi qo‘yildi. Ular ertaga hatto durangga ham o‘ynamaydi. Barcha futbolchilar faqat g‘alaba haqida o‘ylamoqda.
Saudiya Arabistonidagi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston haqida materiallarni tayyorlayapti va efirga uzatyapti. O‘zbekiston termasining barcha nuqtadagi futbolchilari keng tarzda o‘rganilmoqda va tahlil qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Avstraliyadagi aksariyat bukmekerlik korxonalari ertangi o‘yinda ikki jamoa ham gol kiritishini bashorat qilmoqda. Ya’ni O‘zbekiston ham gol uradi, Saudiya Arabistoni ham.
Izoh (0)