16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Majlisda ma’ruza qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning mahsulotlarni eksport qiluvchi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish davom ettirildi. Natijada tashqi savdo balansi 180 million AQSh dollari miqdoridagi ijobiy saldo bilan belgilandi, oltin-valyuta zaxiralari 1,6 milliard AQSh dollariga o‘sdi.
Izoh (0)