O‘zbekiston qahramoni, Raspublika patalogoanatomiya markazi direktori akademik Malika Abdullaxo‘jayeva ularning uzoq yillik ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yish ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda afsuski onkologiya yosharib bormoqda va ko‘plab bemorlar kasallikning kech bosqichlarida tibbiyot muassasalariga murojaat qilmoqda.
“Biz kasallikka eng oldingi − nolinchi bosqichida biposiya qo‘llamasdan tashxis qo‘yish uslubini ishlab chiqdik va unga patent oldik. Tadqiqotlar vaqtida boshlangan muolaja yaxshi samara berishini ko‘rsatmoqda. Hozirda butun respublika bo‘ylab ayollarni saraton to‘qimalari bor-yo‘qligiga tekshirish bo‘yicha loyihani tayyorladik, yaqin orada u beshta viloyatda ishga tushadi”, − dedi Malika Abdullaxo‘jayeva.
Izoh (0)