Osiyo kubogi musobaqasining 2-turida Iordaniya Falastin terma jamoasini yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Iordaniyaliklarning birinchi goligacha, ya’ni birinchi bo‘limning 33-daqiqasida Al Ravashdeh kiritgan golgacha o‘yin teng kurashlar ostida kechayotgan edi. Ikkala jamoaning saviyasi ham ko‘rsatayotgan o‘yini ham tengday ko‘rinayotgan edi.
Birinchi goldan ikki daqiqa o‘tib, falastinliklarning hujumini bartaraf etgan iordaniyaliklar tezkor hujumda ikkinchi golni kiritdilar. Al Daradeh 33 va 45-daqiqalarda gol kiritib, jamoasini tanaffusga yirik hisob bilan chiqib ketishini tax’minladi.
Ikkinchi bo‘lim ham Yusuf Al Daradehning benefisiga aylandi. Bu futbolchi 75 va 80-daqiqalarda yana ikki to‘p kiritib. Musobaqadagi birinchi “poker”ni qayd etdi.
O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Falastin terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi: Xbishe o‘z terma jamoasining Osiyo kubogi tarixidagi birinchi golini kiritdi - 1:5.
Osiyo kubogi, D guruhi, 2-tur
Falastin – Iordaniya 1:5 (0:3 )
Gollar: 0:1 – 33 Al Ravashdeh, 0:2 – 35 Al Daradreh, 0:3 – 45 Al Daradreh, 0:4 – 75 Al Daradreh, 0:5 – 80 Al Daradreh, 1:5 – 85 Xbishe.
Falastin– Solih, Saloh, Badariy, Jobir, Al Battat, Ismoil, Salxe (Yusuf, 83), Nu’mon (Eid, 75), Abuhabib, Abu-Saloh (Al Amur, 56), Xbishe.
Iordaniya – Shofiy, Al Dumeyri, Mustafo, Hattob, Dib, Elias, Zahran, Murjan (Bani-Attiya, 53), Al Dardur (Al Daud, 85), Al Saifiy, Al Ravashdeh (Zatara, 71).
Izoh (0)