AQShdagi McKinney Boyd High School ta’lim muassalasining futbol jamoasi o‘yinchisi g‘ayrioddiy harakati bilan hammani hayratda qoldirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
U to‘pni autdan o‘yinga kiritish chog‘ida saltoni amalga oshirdi va to‘pni 35 metr uzoqlikka − jarima maydonchasiga uloqtirdi va to‘p raqib darvozasiga kirdi.
To‘p darvozaga kirishdan oldin darvozabonga biroz tegib o‘tgani uchun gol hisobga olindi.
Izoh (0)