“Paxtakor” birinchi xorij yig‘inini o‘tkazish uchun bugun, 14-yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Yig‘in 28-yanvargacha davom etadi. “Paxtakor” Antaliyada “Papillon Belvil” mehmonxonasida istiqomat qiladi. Yig‘in mobaynida 17-yanvar kuni Qozog‘istonning “Jetisu”, 20-yanvarda Rossiyaning “Mordoviya”, 24-yanvar Ukrainaning “Metallurg” va 27-yanvar kuni Janubiy Koreyaning “Jeju Yunayted” klubiga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu jamoalar o‘z chempionatida yuqori ligada faoliyat ko‘rsatadi.
Safarga “Paxtakor” jamoasi quyidagi tarkib bilan jo‘nab ketdi:
Futbolchilar: Aleksandr Lobanov, Nikita Ribkin, Abdumavlon Abdujalilov, Davron Hoshimov, Murod Xolmuhammedov, Kamoliddin Tojiyev, Adnan Oraxovats, Aleksandr Merzlyakov, Iskandar Shoyqulov, Vladimir Kozak, Kaxi Maxaradze, Akbar Ismatullayev, Sherzod Karimov, Alibobo Rahmatullayev, Stanislav Andreyev, Jaloliddin Masharipov, Bahodir Pardayev, Navro‘z Olimov, Igor Rogovanov, Anvar Soliyev, Jasur Hakimov, Ramz Begishev, Ibrohim Abdullayev, Andrey Sidorov, Nodir Yo‘ldoshev, Javohir Sohibov, Javohir Sidiqov, Jamshid Yusupov, Ravshan Do‘smatov.
Rahbariyat va xodimlar: Samvel Babayan (menejer), Viktor Jalilov (jamoa boshlig‘i), Andrey Shipilov (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy), Grigoriy Kolosovskiy (ilmiy xodim), Anvar Rashidov (darvozabonlar murabbiyi), Umid Bahromov (shifokor), Anvar Biserov (massajchi), Yaroslav Yeryomin (massajchi), Davron Saidov (ma’mur), Hikmat Toshmirzayev (ma’mur), Farhod Abduqodirov (ilmiy xodim), Hojiakbar Sharapov (tasvirchi).
Izoh (0)