Pokistonda og‘ir jinoyatlarda ayblangan yana yetti kishi dorga osib qatl etildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Shu tariqa mamlakatda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriy olib tashlanganidan keyin qatl etilganlar soni 17 kishiga yetgan.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Pokistonga avvaldan e’lon qilinmagan tashrifni amalga oshirgani ham qayd etilgan. Kerrining Pokiston rahbariyati bilan uchrashuvi mamlakat shimoli-sharqidagi Peshovar shahrida joylashgan harbiy bilim yurtiga uyushtirilgan teraktdan keyin bir oydan kam vaqt o‘tgach tashkillashtirildi.
150 kishi qurbon bo‘lgan teraktdan keyin Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish haqida qaror qildi. 22-dekabr kuni Pokiston rasmiylari yaqin bir necha hafta ichida terrorchilikda ayblangan 500 ga yaqin kishini qatl etishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)