Bugun, 14-yanvar kuni O‘zbekiston termasining Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yini Avstraliya ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinmoqda. Aniqrog‘i, O‘zbekistonning mag‘lubiyati sensatsiya sifatida qabul qilindi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Ayni damda O‘zbekistonning kuchli tarkibga ega bo‘la turib, o‘yinni boy bergani muhokama qilinmoqda. Har bir xavfli vaziyat mahalliy hamda xorijiy jurnalistlar tomonidan tahlil qilinib, xatolar ko‘rsatilyapti.
Media-markazda O‘zbekiston muxbirlari bilan birga o‘tirgan xitoylik jurnalistlar bosh chayqab, “Sizga nima bo‘ldi”, degandek savollarga ko‘mib tashlayapti. Qayd etilishicha, O‘zbekiston jurnalistlarining “Bu — futbol”, deb javob qaytarishdan boshqa ilojisi qolmagan.
Izoh (0)