Toshkent jamoat transporti tizimida yangilik sifatida yo‘lkira to‘lovini elektron shaklda amalga oshirish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy axboot agentligi.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, hozir sakkizta kompaniyaning bu boradagi takliflari o‘rganib chiqilmoqda. Natijada bir martalik chiptalar, yagona to‘lov kartalari, kredit kartochkasidan foydalanish, mobil telefon orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Hozir yo‘lkirani elektron shaklda to‘lash, xususan, mobil telefon orqali amalga oshirish “Mustaqillik” metro bekatida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)