AQShning NASA kosmik agentligi tomonidan chop etilgan Mars sayyorasi suratlaridan birida ulkan kulgichni ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Surat “qizil sayyora”ning qutb muzliklarini tasvirga olish vaqtida Mars Reconnaissance Orbiter apparati, aniqrog‘i HiRISE teleskop-reflektori yordamida olingan.
Suratda tasvirlangan kulayotgan yuzni eslatuvchi aylana diametri 500 metrni tashkil etadi. NASA vakillari “Siz Marsga kulib boqsangiz, ba’zida Mars ham sizga kulib boqadi”, deya hazilomuz xabar qoldirgan.