2014-yilda Farg‘ona viloyatida ochiq tenderlar yo‘li bilan 49 ta yangi yo‘nalish ochildi, 3 ta yo‘nalish bo‘yicha doimiy reyslar yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Farg‘ona viloyati yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan 8 ta ochiq tender asosida ochilgan 49 ta yo‘nalishning 18 tasi avtobus, 31 tasi taksi yo‘nalishlari hisoblanadi.
Shuningdek, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib tuman hokimliklari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishlar ochilmoqda. Jumladan, “Buvayda transport-texnika” MChJga tegishli 4 ta avtobus “Buvayda−Yangiqo‘rg‘on” yo‘nalishida, “Valley Melio”ning 10 ta Damas mikroavtobusi “Qo‘qon−Abdusamad”, shuningdek “Ismoil Trans”ga biriktirilgan 5 ta Damas doimiy reyslarni yo‘lga qo‘ydi.
Izoh (0)