Toshkent metropolitenidagi “Bodomzor” va Minor” metro bekatlarining bittadan vestibyullari ish vaqti besh soatga qisqaradi. Bu haqda metropoliten ma’muriyatiga asoslanib “Kun.uz” ma’lum qildi.
30-yanvardan boshlab “Yunusobod” yo‘lida joylashgan “Bodomzor” va “Minor” metro bekatlarining bitta vestibyullari qisqartirilgan ish tartibiga o‘tib, tongda 7:00 da ochiladi va kechki 19:00 gacha ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining “Chilonzor” va “O‘zbekiston” yo‘llari 5:00 dan 24:00 gacha ishlasa, “Yunusobod” yo‘li 6:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
Ba’zi holatlarda, xususan, oliy ta’lim muassasalarga kirish imtihonlari bo‘ladigan kunlarda (odatda, 1-avgustga to‘g‘ri keladi) “Yunusobod” yo‘li soat 5:00 dan ishga tushadi.
Izoh (0)