Osiyo kubogining “B” guruhidan o‘rin olgan Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi 2-tur uchrashuvini BAAlik hakamlar boshqarib boradigan bo‘ldi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar beradi.
14-yanvar kuni Brisben shahrida o‘tkaziladigan o‘yinning bosh hakami sifatida Abdulla Muhammad Hasan tasdiqlandi. Unga qanotlarda vatandoshlari Hasan al-Mahriy va Muhammad al-Hammadiy yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy — O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Osiyo kubogi, “B” guruhi, 2-tur
Xitoy — O‘zbekiston
Bosh hakam: Abdulla Muhammad Hasan (BAA)
1-yordamchi: Hasan al-Mahriy (BAA)
2-yordamchi: Muhammad al-Hammadiy (BAA)
Zaxira hakami: Xettikankanamage Perera (Shri-Lanka)
Beshinchi hakam: Deniye Gedara Xematunga (Shri-Lanka)
Nazoratchi: Lenni Edvard Makgregor (Avstraliya)
Izoh (0)