Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Osiyo Kubogi — 2015 guruh bosqichi 1-tur ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ushbu jamoadan O‘zbekistonning ertangi raqibi — Xitoy terma jamoasining ikki nafar futbolchisi joy oldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
OFK e’lon qilgan ramziy terma jamoaga Xitoy terma jamoasi darvozaboni Vang Daley hamda himoyachi Jang Linpen kiritildi.
Ramziy terma jamoadan eng ko‘p BAA hamda Yaponiya futbolchilari joy oldi: ushbu terma jamoalardan uchtadan futbolchi 1-tur ramziy terma jamoasiga kiritilgan.
Osiyo Kubogi — 2015 1-tur bahslari yakuniga ko‘ra tuzilgan ramziy terma jamoadan o‘rin olgan futbolchilar:
Darvozabon: Vang Daley (Xitoy)
Himoyachilar (O‘ngdan chapga): Gotoku Sakai (Yaponiya), Mayya Yoshida (Yaponiya), Jang Linpeng (Xitoy), Amir Xojisafiy (Eron)
Yarim himoyachilar: Ku Chja Chol (J. Koreya), Luongo (Avstraliya), Umar Abdulrahmon (BAA)
Hujumchilar: Ali Mahbut (BAA), Ahmad Halil (BAA), Sindzi Okazaki (Yaponiya).
Izoh (0)