“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real” futbolchisi Krishtianu Ronalduning o‘yini borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Krishtianu Ronaldu amalga oshirgan ishlar haqiqatan ham qoyil qolarli bo‘ldi. U mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi. Har yili ikkalamizning maqsadimiz bitta bo‘ladi. U ham bo‘lsa, o‘zimiz ishtirok etayotgan har bir musobaqada g‘alaba qozonishdir. Bu oson emas, ammo biz kurashamiz.
Endi bizni Amerika kubogi musobaqasi kutmoqda. Jahon chempionatidan keyin Argentina terma jamoasi ushbu turnirda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oladi, degan umiddaman. Finalni hisobga olmaganda, JCh — 2014 ijobiy yakunlandi”, — dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi 2014-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)