Buxorodagi “Quruvchi” stadionida “Mash’al”ning ikki jamoasi ikkita nazorat bahsini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Birinchi o‘yinda maydonga “Buxoro” yoshlari va birinchi liga vakili “Mash’al-2” chiqishdi. Ushbu bahsda to‘la ustunlik bilan “Mash’al-2” g‘alabaga erishdi. 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda “Mash’al”ning birinchi liga jamoasi gollarini Abdurasul Jo‘rayev, Oybek Jo‘rayev, Sardor Sulaymonovlar kiritishdi. Dilshod Andayev shogirdlari 13-yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ikkinchi bahsda “Mash’al”ning yoshlar jamoasi va “Buxoro”ning asosiy tarkibi kuch sinashdi. Uchrashuv Jamshid Saidov shogirdlari tashabbusi bilan boshlandi. “Buxoro”ning asosiy tarkibiga qarshi maydonga chiqqan “Mash’al” yoshlari kichik hisobda g‘alaba bilan bahsni yakunladi. 1:0 hisobida yakunlangan o‘yinda yagona golni Maradona Safarov kiritdi. Aytib o‘tish joizki, ayni vaqtda Saidov boshqaruvidagi ushbu yoshlar jamoasidagi bir qator futbolchilar Yangiyerda asosiy tarkib bilan mashg‘ulot olib bormoqda.
Izoh (0)