Ugandalik 56 yoshli Mubalak Batambuze o‘tgan yilning noyabr oyida homilador xotinini yeb qo‘ygan timsohni kuzatib yurdi va qulay vaqtda uni o‘ldirib, xotini uchun qasos oldi. Bu haqda Times Lives nashriga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Batambuze bu ishni nayza orqali amalga oshirgani aytilmoqda. Xabarda yozilishicha, o‘ldirilgan timsohning ichidan Batambuzening marhum rafiqasiga tegishli bo‘lgan kiyim qoldiqlari topilgan.
Ma’lumot uchun, Ugandada har yili o‘rtacha 30 kishi timsohlar qurboniga aylanadi.
Izoh (0)