Toshkentning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tunda Nexia rusumli avtomashinasini “Shahriston” restorani oldida qarovsiz qoldirdi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu holat Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga qo‘l kelib, u mashinani olib qochgan.
“Biroq Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zganing avtomashinasida uzoqqa qochib keta olmadi. Ko‘rilgan choralar natijasida u osoyishtalik posbonlari tomonidan ushlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)