11-yanvar kuni Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi mahalliy “Dubay” SK jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar beradi.
O‘yinning 10-daqiqasida yaqindagina “Bunyodkor” jamoasidan olingan Oleg Zoteyev hisobni ochdi. Lekin “temiryo‘lchilar” o‘yin oxirigacha g‘alabani saqlab qola olmadi: 89-daqiqada raqib hujumchilaridan biri Sarvar Karimov darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.
Vadim Abramov ushbu o‘yinda ikki nafar braziliyalik legioner futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazdi. Birinchi taymda 23 yoshli yarim himoya ampluasiga ixtisoslashgan Bruno da Silva maydonda harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda 27 yoshli hujumchi Danubioning harakatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Vadim Abramov o‘yin davomida yig‘inga olib borilgan barcha futbolchilar o‘yinini ikki taymda ikki xil tarkibni o‘ynatish orqali tekshirib ko‘rdi.
Birinchi bo‘limdagi tarkib: S. Qobuljonov, S. Mustafoyev, S. Rahmonov, I. Golban, A. Kalayjan, D. Rahmatullayev, S. Mirzayev, S. Shoahmedov, O. Zoteyev, B. Da Silva, M. Bikmayev
Ikkinchi bo‘limdagi tarkib: S. Karimov, B. Yo‘ldoshev, S. Jo‘rayev, X. Muxtorov, K. Abramov, I. Aliboyev, S. Mirzayev, A. Geynrix, Danubio, A. Shog‘ulomov, I. Nagayev.
Izoh (0)