Toshkentdagi Gyote-Institutda umumiy “Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida zamonaviy nemis filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
“Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida Gyote-Institut jami o‘nta filmni namoyish etishni rejalashtirgan edi. Ularning dastlabki beshtasi 2014-yilning 12-noyabridan 11-dekabriga qadar namoyish etildi, qolganlari esa 2015-yilning 22-yanvar – 20-fevralida namoyish etiladi.
Barcha filmlar ikki marta – nemis tilida, shuningdek, rus tiliga tarjima yoki ruscha subtitrlari bilan namoyish etiladi. Tomoshalar belgilangan kunlarda 18:30 da boshlanadi, ularga kirish bepul. Filmlar 18 yoshlardan kattalarga mo‘ljallangan.
Tomoshalar jadvali
22−23-yanvar – “Niko Fisherning oddiy murakkabliklari”, rejissyor Yan Ole Gershter (2012-yil)29−30-yanvar – “Kanniballar vaqti”, Yoxannes Naber (2013)5−6-fevral – “Oldindagi bekat”, Andreas Drezen (2011)12−13-fevral – “Singan oyna”, Kris kraus (2002)19−20-fevral – “Uxalyotgan agent”, Benyamin Xayzenberg (2005)
Izoh (0)