O‘zbekiston hukumati 2015-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlariga tadbirkorlardan boshqa davlat organlarida va tashkilotlarida mavjud bo‘lgan hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni taqiqladi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Jumladan, tadbirkorlar davlat organlariga murojaat chog‘ida soliqdan yoki communal to‘lovlardan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnamalar, tadbirkorlik subyektining ta’sis hujjatlari, litsenziyalar va ruxsat mazmunidagi hujjatlar nusxalari uchun yig‘imlardan ozod etildi. Endi davlat organlari boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni axborot hamkorligini yo‘lga qo‘ygan holda, jumladan elektron shaklda o‘zlari olishlari kerakligi belgilab qo‘yildi.
Kerakli ma’lumotga ega organlar uni (arxiv ma’lumotlaridan tashqari) so‘rov amalga oshirilganidan boshlab bir ish kuni davomida taqdim etishlari shart. Hujjat va ma’lumotlarning taqdim etilmagani yoki o‘z vaqtida berilmagani tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etishga asos bo‘la olmaydi. Hujjatlar taqdim etilmasligi, shuningdek, qabul qilinmasligi bo‘yicha aybdor mansabdor shaxslar javobgar bo‘ladi.
Izoh (0)