O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi xitoylik jurnalistlarga mashg‘ulotlarni kuzatishni ta’qiqlab qo‘ymagan. Bu haqida xitoylik jurnalist Lyu Fen Sports.sina.com nashriga xabar berib o‘tgan, deb ma’lum qildi “Uff.uz”.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq kuch bilan mashg‘ulot o‘tayapti. Murabbiylar shtabi va delegatsiya rahbariyati xitoylik jurnalistlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan. Shuningdek Lyu Fen Brisben shahridan yuborgan xabarida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2008-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Xitoy terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini eslagan va ayni vaqtdagi tarkibda o‘sha terma jamoa vakillari ham borligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha vaqtdagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida bo‘lgan Islom To‘xtaxo‘jayev ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda va diskvalifikatsiya muddati yakuniga yetgani tufayli Xitoyga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Izoh (0)