Fransiyada terkat qurbonlari xotirasi sharafiga o‘tkazilgan marshda butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlar qatnashdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Eng yirik namoyish Parijda o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1,5 millionga yaqin odam qatnashgan. Aynan poytaxtdagi aksiyada Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan bir qatorda Angela Merkel, Devid Kemeron, Pyotr Poroshenko singari mehmonlar ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni Parijdagi Charlie Hebdo satirik haftanomasi tahririyatiga hujum uyushtirib, 12 kishini o‘ldirgan va 10 dan ortiq kishiga jarohat yetkazgan jinoyatchilar 10-yanvar kuni Fransiya poytaxti shimolida yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)