AQShning Michigan shtatida joylashgan detroyt shahrida dunyodagi eng nufuzli avtosalonlardan biri bo‘lgan yillik North Amercan International Auto Show (Shimoliy Amerika xalqaro avtoshousi)ochilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Birinchi hafta davomida ko‘rgazma faqatgina matbuot va soha vakillari uchun ishlasa, 17-yanvardan boshlab keng omma uchun ham ochiladi. Kobo-markaz ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilayotgan avtosalonda jahon va Shimoliy Amerikaning 40 dan ortiq yangi avtomobillari namoyish etiladi.Salonning eng katta premyeralaridan biri Yaponiyaning Honda kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangilangan Acuro NSX modeli bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, Alfa Romeo, Cadillac, Lexus, Infiniti, Mini, BMW kompaniyalri ham o‘zlarining yangi sportkarlari va boshqa avtomobillari bilan qatnashadi.
Izoh (0)