Rossiyaning sport sohasidagi yetakchi internet nashrlaridan bo‘lgan “Sports.ru” Osiyo kubogi−2015 doirasidagi O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tahlil qildi.
O‘zbekiston turnir favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilgan maqolada terma jamoamiz musobaqaga kuchli tarkib bilan tashrif buyurgani qayd etilgan. Mirjalol Qosimov tanlagan tarkib va taktika o‘z samarasini bergani ta’kidlangan.
Qosimov jamoa o‘yiniga “total futbol” elementlarini olib kirgani qayd etilgan. Igor Sergeyevning goli esa Braziliyadagi jahon chempionatida gollandiyalik hujumchi Robin van Persi tomonidan Ispaniya darvozasiga yo‘llagan goliga o‘xshatilgan.
Shuningdek, maqola muallifi yosh futbolchilarning maydondagi harakatidan o‘zbek futbolining kelajagi bor, degan xulosaga kelgan. Yakunda O‘zbekistonning eng kuchli tomoni aynan jamoada ekanligi e’tirof etilgan.
Izoh (0)