Sony kompaniyasi Las-Vegasdagi CES 2015 ko‘rgazmasida Sony HT-ST9 audiotizimini namoyish etdi. U 7.1 formatidagi tovush bilan ta’minlaydigan 9 ta dinamik hamda simsiz ulanadigan sabvuferga ega, deb xabar beradi “Kun.uz” “Ferra.ru”ga tayanib.
Qurilmaga kontentni himoyalovchi HDCP 2.2 texnologiyasiga ega HDMI o‘rnatilgan. U FLAC, WAV va DSD (4K) formatidagi fayllar bilan ishlaydi.
Sony HT-NT3 — biroz soddaroq bo‘lgan 2.1 sistemasiga ega. U ham sabvufer hamda HDMI’ga ega bo‘lib, 4K formatidagi fayllarni ham o‘qiy oladi. Shuningdek, Sony HT-XT3 modeli ham HDMI’ga bo‘lib, 4K formatidagi kontentlarni o‘qiy oladi.
Barcha modellar SongPal ilovasi yordamida bir necha xonada simsiz kanal orqali ishlay oladi.
Kompaniya saundbarlarni joriy yilning bahor oylarida sotuvga chiqarishni rejalashtirgan.
Izoh (0)