• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mirjalol Qosimov: “G‘alabani haqli ravishda qo‘lga kiritdik”

    Osiyo Kubogi doirasida O‘zbekiston — KXDR terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvdan so‘ng (1:0) matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

    Foto: AFC

    Foto: AFC

    Jurnalistlar bilan muloqotda avval Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z fikrlarini bildirdi.

    Matbuot anjumaniga Mirjalol Qosimov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Igor Sergeyev hamrohligida kirib keldi. Murabbiy zalga kirib kelishi bilan jurnalistlar olqishlay boshladi. Murabbiydan an’anaviy tarzda o‘yin haqida fikrlari so‘raldi.

    “Bugungi o‘yinda g‘alaba juda muhim ahamiyatga ega edi. Bunday musobaqalarda mudom his-hayajon bo‘ladi. Ammo biz bugun yaxshi o‘ynadik va haqli ravishda g‘alabaga erishdik. Shu o‘rinda uzoqdan, minglab kilometr masofa bosib kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bizga katta madad bo‘lmoqda”, — dedi Mirjalol Qosimov.

    OFK xodimi tomonidan berilgan savol: Igor, bugun siz ajoyib gol urdingiz va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindingiz. Bu haqida fikringiz?

    Javob: Albatta, bundan juda mamnunman. Ammo bugun o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga terma jamoamizdagi har bir futbolchi haqli edi. G‘alabada jamoadoshlarimning hissasi ko‘proq. Eng muhimi — biz g‘alaba qozondik. Demak, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erisha oldik. Biz uchun shaxsiy sovrindan ko‘ra, jamoaviy g‘alaba muhimroq.

    Avstraliyalik jurnalist: Janob murabbiy, jamoangiz darvozaboni Nesterov so‘nggi soniyalarda muqarrar golni qaytarib qoldi. Bu borada fikringiz?

    Javob: Darhaqiqat o‘yinning oxirgi soniyalarida raqib bosimni oshirdi. Ignatiy esa mahorati evaziga kuchli zarbani qaytarib qoldi. Darvozabon — yarim jamoa degani. Bu g‘alaba butun jamoamizning g‘alabasidir. Biz yaxshiroq o‘ynadik va g‘alabani haqli ravishda qo‘lga kiritdik.

    Avstraliyalik jurnalist: Birinchi bo‘limda Shimoliy Koreya terma jamoasi qarshi hujumda o‘ynadi. Bu kutilgan uslub edi. Ammo ikkinchi bo‘limda raqib tashabbusga egalik qila boshladi. Bu haqida nima deysiz?

    Javob: Futbolda hech qachon 90 daqiqa davomida pressing qilish mumkin emas. Shu sababli o‘yin uslubini o‘zgartirib turish kerak. Boz ustiga kuchli jala yoqqanini ham inobatga olish kerak. Shu sababli o‘yin uslubimizni biroz o‘zgartirdik. Biz qay tomonlama kuchlimiz — to‘pga egalik qilib turganda. Ammo yomg‘ir tufayli bunday o‘yin ancha xavfli ko‘rinish olishi mumkin edi. Shu sababli boshqacharoq harakat qildik va adashmadik deb o‘ylayman.

    Xitoylik jurnalist: Avvalo, g‘alaba bilan tabriklayman. Kelasi turlarda Xitoyga qarshi kechadigan o‘yin haqida nima deyishingiz mumkin?

    Javob: Avval ham aytgandim, yana takrorlayman. Bu musobaqadagi har bir jamoa kuchli. Hozir, siz bilan matbuot anjumanida o‘tirgan vaqtimizda Xitoy va Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘yin kechmoqda. Bu uchrashuv ancha qiziqarli o‘tyapti. Shu sababli biror jamoani alohida ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim.

    OFK rasmiy sayti tomonidan berilgan savol: Janob Qosimov, tabriklaymiz. O‘yin davomida to‘pni nazorat qilganingiz rost, ammo raqib darvozasi oldida o‘zaro pas berishda oqsadingiz. Hatto oddiy zarba bilan gol urish mumkin bo‘lganda ham imkoniyatdan foydalana olmadingiz. Hujumdagi bunday muammolar sizni xavotirga solmaydimi?

    Javob: Albatta, futbolda bunday vaziyatlardan foydalanish kerak. Agar biz ikkinchi bo‘limda yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantira olganimizda, boshqacha hisob bo‘lardi. Biz ham har bir zarba golga aylanishini istaymiz. Ammo futbol ham shunisi bilan qiziq bo‘lsa kerak. Men jamoamiz hujumida kamchilik borligini inkor etmayman va bu borada ishlashda davom etamiz. Kelasi uchrashuvlarda bu kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

    Xitoylik jurnalist: Yaqinda bildirgan fikringizda Xitoy terma jamoasi o‘sishga erishgani haqida aytgan edingiz. Aytingchi, Xitoyga qarshi qandaydir maxsus tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

    Javob: Biz bugungi o‘yinni o‘tkazgunga qadar faqat KXDR haqida o‘yladik. Endi kelgusi uchrashuvlarga tayyorlana boshlaymiz. Bir o‘yindan boshqasiga sakrab bo‘lmaydi. Biz navbatdagi raqibga qarab mashg‘ulotlarni davom ettiramiz.

    Avstraliyalik jurnalist: 2011-yilda yarim finalga qadar borgan edingiz. Bu safar ham shu natijani takrorlay olasizmi?

    Javob: Agarda yaratilgan vaziyatlardan foydalansak va omad biz tomonda bo‘lsa, albatta, yarim finalga qadar yetib boramiz.

    O‘zbekistonlik jurnalist Narzulla Saydullayev: Savolim Igor Sergeyevga: Bugungi uchrashuvda gol urdingiz. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘purar bo‘lgan edingiz. Bu safar ham shunday niyatingiz bormi?

    Javob: Albatta, to‘purar bo‘lgim keladi. Ammo bu asosiy maqsadim emas. Shunday vaziyat bo‘ladiki, yo zarba berish, yo jamoadoshga to‘pni oshirib berish kerak bo‘ladi. Agar sherigim mendan ko‘ra yaxshiroq vaziyatda bo‘lsa, albatta pas beraman. Ammo zarba berish zaruriyati tug‘ilsa, yarimta vaziyatdan ham gol urishga intilaman. Men uchun eng asosiysi — jamoam g‘alabasi.

    Tashkiliy qo‘mita vakili savoli: Maksim Shatskix terma jamoadan ketgach, O‘zbekiston tarkibida yorqin hujumchi ko‘rmadik. Sergeyev Shatskixning o‘rnini bosa oladigan hujumchi bo‘ladi, deb ayta olamizmi?

    Mirjalol Qosimov: Men bu borada Igorning oldida gapira olmayman, buning uchun u zaldan chiqib turishiga to‘g‘ri keladi (zalda kulgu). Albatta, bu hazil edi. Agar Igor ishlashda davom etsa va o‘yinini kuchaytirib borsa, albatta, Shatskix darajasidagi hujumchiga aylanadi. Ammo buning uchun ko‘p va astoydil mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.

    Shu bilan matbuot anjumani yakuniga yetdi.

    10.01.2015, 20:15   Izoh (0)   7481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida KXDRni mag‘lub etdi (fotogalereya)

    10.01.2015, 14:13

    O‘zbekiston—KXDR: “Daryo”ning ilk onlayni

    09.01.2015, 17:54

    AQShlik bokschi Floyd Meyuezer uchta Bugatti sotib oldi

    09.01.2015, 11:21

    Polshalik motopoygachi Mixal Xernik “Dakar — 2015” rallisining 3-bosqichi chog‘ida halok bo‘ldi

    07.01.2015, 11:13

    Germaniyalik futbolchining JCh finalida gol urgan butsasi 2 mln yevroga baholandi

    07.12.2014, 10:52

    Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi

    07.12.2014, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.