Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan CES 2015 ko‘rgazmasida elektronika sohasida ko‘pgina qiziqarli yangiliklar namoyish etilmoqda. Misol uchun, LG kompaniyasi hozircha nomi ham yo‘q bo‘lgan antiqa mobil qurilmasini namoyish etdi, deb xabar beradi “Kun.uz” “Ferra.ru”ga tayanib.
Bu qurilma hali to‘liqligicha shakllanmagan va shunchaki Active Bending Plastic AMOLED deb ataluvchi ekranning imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yaratilgan. Bu ekran haqiqatda ham juda qiziq ishlangan: u 6 dyuymli o‘lchamga ega bo‘lib, smartfonning ikki yon tomoniga bukilgan. Mazkur yangi Samsung Galaxy Note Edge’ni eslatib yuboradi, biroq undan farqli o‘laroq, ekran bir tomonga emas, ikki tomonga bukilgan.
Biroq, shu bilan birga, displeyning ko‘rsatish qobiliyati uncha katta emas, bor-yo‘g‘i 720×1280 pikselni tashkil etadi. Ko‘rgazmada tasvirga olingan ushbu qurilmaning suratlariga qaraganda, qurilmaning yon tomonlarga bukilgan ekran qismlarida ham asosiy ekranga o‘xshash dasturlar piktogrammalarini joylashtirilganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, foydalanuvchi bu yerda o‘zi uchun eng zarur piktogrammalarni joylashtirishi mumkin. Hozircha bunday displeyli smartfonlar qachon sotuvga chiqarilishi va qaysi modellarda ilk qo‘llanilishi noma’lum.
Izoh (0)