O‘zbekiston futbol federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov OFKning navbatdan tashqari Kongressida qatnashish uchun Avstraliyaning Melburn shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘FFning Twitter’dagi sahifasiga asoslanib “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Federatsiyamiz rahbarlari OFK Kongressidan tashqari, Osiyo Kubogining 9-yanvardagi ochilish uchrashuvi (Avstraliya-Quvayt) ga ham taklif qilingan.
Ular, shuningdek, 10-yanvar kuni Sidneyda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvida ham ishtirok etadilar.
Izoh (0)