O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyaga borish uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan “vizalik” mamlakatlar hududiga borishi uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etiladi.
Agar O‘zbekiston fuqarosining “vizalik” mamlakat hududida bo‘lgan vaqtida stikerning 2 yillik muddati tugab qolsa, O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi buzilishi deb hisoblanmaydi. Shuningdek, stikerning 2 yillik muddati tugab qolishi “vizalik mamlakatlar” o‘rtasida borib-kelishiga, shuningdek, O‘zbekistonga qaytishiga to‘siq bo‘lmaydi.
Ayni vaqtda, stiker muddati tugagan O‘zbekiston fuqarolari “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududida bo‘la turib, “vizasiz” mamlakatlarga borishi mumkin bo‘lsa-da, ammo “vizasiz” mamlakatlar hududidan qolgan “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududiga muddati tugagan stiker bilan o‘tishi taqiqlanadi.
Izoh (0)