Microsoft kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonda biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Aleksey Trubinov kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi rejalarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda ICTNEWS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2015-yilda O‘zbekistonda qator tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jumladan Imagine Cup treninglari yarim finali va finalini o‘tkazish uchun O‘zbekistondagi yirik universitetlardan biri tanlanishi qayd etilgan.
Trubinovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston dasturiy ta’minot bozorida “qaroqchilik” dasturlari ulushi 85−90 foizni tashkil etadi. Noqonuniy dasturlarga qarshi kurashda davlat organlarining faol qatnashayotganini e’tirof etgan Microsoft vakili bu borada kompaniya ham tegishli tavsiyalarni berishga tayyorligini bildirgan.
Microsoft’ning ba’zi xizmatlari, jumladan Xbox tizimi uchun ilovalar O‘zbekistonda mavjud emasligi ham aynan kiberqaroqchilik darajasining yuqoriligi bilan izohlangan. Kompaniya vakili noqonuniy ravishda tarqatilishini bilgan holda dasturiy ta’minotni yetkazib berish haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd etgan.
Izoh (0)